So’nggi yangiliklar

10:19Суперлига. Бугун 5-тур якунланади 0 09:58Арман Царукян миллион долларга Rolls-Royce Mansory сотиб олди + ФОТО 0 09:37Сергей Фомин 1/2 финал учрашувини ўтказди 0 09:16UFC Fight Night 272. Икки жангчи вазн қила олмади. Яҳёевга иккинчи имконият берилди 0 08:55"Барселона" Бастони учун 45 миллион таклиф қилди, "Интер" эса кўпроқ сўради 0 08:34Чисора фаолиятидаги энг катта вазн билан Деонтей Уайлдерга қарши рингга кўтарилади 0 08:1341 ёшли "Кунф-фу қироли"га рақиб берилди + ПОСТЕР 0 07:52Бивол Бетербиев билан трилогия нега амалга ошмаслиги мумкинлигини айтди 0 07:31Роналду қайтишини дубль билан нишонлади 0 07:10Бугун 5 нафар боксчимиз Осиё чемпионати чорак финалида рингга кўтарилади 0 21:22"Номзодлар турнири". Накамура ҳам мағлуб этилди. Кетма-кет ғалабалар 0 19:01Чарльз Оливейра Топурия — Гэтжи жанги учун захира варианти бўлишга тайёр 0 18:39Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи учрашувлари санаси маълум қилинди 0 18:17UFC топ жангчиси Стрикленд Чимаевни мағлуб этиши учун нима қилиши кераклигини айтди 0 17:52Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё чемпионати чорак финалида жанг қилади 0

20 sen 12:24
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston - Hindiston uchrashuvi bo'lib o'tadi

SHu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahri Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun 9-turda amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi hali mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Hindistonga qarshi bahs olib boradi. Hindistonlik grossmeysterlar o'tkazilgan 8 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonishgan. 

Kecha 8-turda ular eng yaqin taqibchilari bo'lib kelgan Eron terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida dog'da qoldirishdi. O'zbekiston esa dramatik kechgan bahsda Serbiyadan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi. Uchta durangdan keyin Nodirbek Abdusattorov jamoamizga muhim g'alabani taqdim etdi. U durangli partiyani g'alabaga aylantirib yubordi. 

Bugun o'tkaziladigan Hindiston - O'zbekiston uchrashuvi katta ehtimol bilan chempion nomini aniqlab berishi mumkin. To'g'ri, hali oldinda Olimpiadaning 2 ta turi bo'ladi, lekin bu bahs juda ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Qolaversa, hindistonlik shaxmatchilarning bizdan oldingi Olimpiada uchun alamlari ham bor. 

9-turning markaziy uchrashuvlari:

Hindiston - O'ZBEKISTON 

AQSH - Vengriya

Xitoy - Eron 

Norvegiya - Sloveniya

Armaniston - Germaniya

Angliya - Vetnam

Turkiya - Ispaniya

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing