So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

23 iyu 11:12
Yangiliklar

Futbol

Bugun "Buxoro" Namanganda, "Nasaf" Bekobodda, "Bunyodkor" Termizda mehmon

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 12-turidan o'rin olgan so'nggi uchta uchrashuv o'tkaziladi.

SURXON – BUNYODKOR

23 iyun 2019 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 18:00
Hakamlar
: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Ravil SHoyaxmitov, Naim Qosimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHoxruh Said.

O'z maydonida umuman yutqazmagan "Surxon" "Bunyodkor"ni qabul qiladi. "Qaldirg'ochlar" 4ta turdan buyon yutqazishmayapti (2 g'alaba, 2 durang). "Surxon" bu mavsum Termizdagi o'yinlarda atigi 2ta gol o'tkazdi xolos. Bu Superligadagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

Ushbu klublar shu kunga qadar O'zbekiston chempionatida hech qachon to'qnash kelishmagan. Sababi "Surxon" 2004 yil birinchi ligaga tushib ketgan, "Bunyodkor" esa oliy ligada 2007 yil debyut qilgan. Yani 23 iyun kungi bahs ikki jamoa o'rtasidagi tarixiy o'yinga aylanadi.


METALLURG – NASAF

23 iyun 2019 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 19:30
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Ruslan Serazitdinov, Timur Galeev, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: SHerzod Rajabov

O'tgan turda durang o'ynagan ikki klub o'rtasidagi bahs. Bekobod klubining g'alabasiz seriyasi 5ta o'yinga etdi (3 durang va 2 mag'lubiyat). "Nasaf" esa ikki turdan buyon yuta olmayapti (1 durang va 1 mag'lubiyat).

Bu ikki klub chempionat doirasida jami 42 marta o'zaro bahs olib borishgan. 26ta uchrashuvda "ajdarlar", 10ta o'yinda bekobodliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 6 bahsda esa tomonlar bir ochkodan bo'lib olishgan. "Nasaf" 2015 yildan buyon Bekobodda "Metallurg"ni mag'lub eta olmay kelmoqda.

NAVBAHOR – BUXORO

23 iyun 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev

"Navbahor" oxirgi to'rtta turning barchasida durang qayd etdi. "Buxoro" oxirgi 7ta o'yinda g'alaba qozona olmadi - 2 durang va 5 mag'lubiyat. Jamoaning golsiz seriyasi 488 daqiqaga etdi. Bu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 54 marta o'yin o'tkazishgan. SHundan 30tasida "lochinlar" g'olib bo'lishgan. 16 marta "Buxoro" zafar quchgan. 8ta bahsda esa durang kuzatilgan.

Namanganda o'tgan oxirgi 3ta o'yinning barchasida "Navbahor" gol o'tkazmay g'olib bo'lgan. So'nggi bor "Buxoro" Namanganda 2016 yil g'alaba qozona olgan. Qatorasiga oltita o'yindan beri (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Buxoro" bu raqibni yuta olmayapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing