So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

20 iyu 12:27
Yangiliklar

Futbol

Bugun "Buxoro" Namanganda, "Surxon" Olmaliqda, "So'g'diyona" Toshkentda mehmon bo'ladi

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasida 5-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Bugun 5-tur doirasidagi uchta uchrashuv bo'lib o'tadi. O'tgan turda amaldagi chempion "Paxtakor"ni mag'lub etgan Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi Toshkentda "Lokomotiv" klubi mehmoni bo'ladi. 

Superliga. 5-tur

19:00. “Navbahor” – “Buxoro”

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev, Axmad Ergashev

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatlari tarixida shu kunga qadar 56 bor to'qnash kelishgan. 31 ta uchrashuvda "lochinlar"ning qo'li baland kelgan. 16 ta bahsda "Buxoro" 3 ochko egasiga aylangan va 9 ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. O'zaro o'yinlarning oxirgi 8 tasida "Buxoro" ushbu raqibni umuman mag'lub eta olmagan. So'nggi bor buxoroliklar "Navbahor"ni 2016 yilgi mavsum Namanganda mag'lub etishgan edi.  

19:00. “Lokomotiv” – “So'g'diyona”

Hakamlar: Aziz Asimov, Xusniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin

Restartni ikki xil kayfiyatda boshlagan klublar o'rtasidagi bahs. Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida hozirga qadar 24 bor o'zaro o'yin o'tkazishgan. 17 ta o'yinda "temiryo'lchilar" muvaffaqiyat qozonishgan. Uch marta jizzaxliklar zafar quchishgan. Qolgan 4 ta o'yinda durang kuzatilgan. "Lokomotiv" o'z maydonida "So'g'diyona"ga qarshi 12 ta o'yin o'tkazgan va 12 marta g'alabaga erishgan. Jizzax klubi ushbu jamoa maydonidagi 12 ta bahsda jami 3 ta gol ura olgan xolos. "Temiryo'lchilar" uyida o'tgan oxirgi 3 ta uchrashuvda mehmonlar umuman gol ura olishmagan.

20:00. AGMK – “Surxon”

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Abdurashid Xudoyberganov

Bu jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixi qisqa va bu o'tgan mavsumdan boshlangan. Hozirga qadar o'tgan ikki o'yinda ikkala jamoa bittadan g'alabaga erishgan. Olmaliqdagi bahsda AGMK 2:0 hisobida g'olib bo'lgan, Termizda esa "Surxon" 1:0 hisobida zafar quchgan. Bu mavsum AGMK Coca Cola Superligasida mag'lub bo'lmagan ikkita klubdan biri bo'lib turibdi. "Surxon" esa bu yilgi yagona g'alabasini safarda qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing