08 sen 10:24
Yangiliklar

Bugun Buxoroda katta qo'l jangi oqshomi o'tkaziladi, kecha sportchilar "Ark"da taroziga chiqishdi FOTOGALEREYA
Soat 19:00da "Ark" qo'rg'onida boshlanadigan qo'l jangi kechasida yurtimiz sharafini ushbu sport turi yulduzi Muzaffar Rajabov, shuningdek, Hasan Bozorov, Farruh Fayziev, Otabek Hamzaliev, Amrillo Jo'raev, Mironshoh Jafarov singari qo'l jangi ustalarimiz himoya qiladi.
Oqshomning markaziy jangi shubhasiz, Muzaffar Rajabov ishtirokida bo'lib o'tadi. Buxoro o'g'loni chempionlik kamari uchun kechadigan jangda braziliyalik taniqli aralash qoidalar ustasi Maykl Falkaoga qarshi ringga chiqadi. Kecha musobaqa ishtirokchilari tarozidan o'tishdi.
O'zbekiston qo'l jangi federaciyasi, Buxoro viloyat hokimligi, Butunjahon kombat federaciyasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida o'tkazilayotgan bugungi jahon qo'l jangi yulduzlari ishtirokidagi turnir soat 20:00dan boshlab "Sport" telekanalida to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.
Fikrlar