So’nggi yangiliklar

18:17"Кроуфорд фаолиятини тугатса, хурсанд бўлардим" - Рой Жонс 0 17:51Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди 0 17:26Сауль Альварес Теренс Кроуфордга ютқазганидан сўнг пост қолдирди 0 17:01Конор Макгрегор Ирландия президенти бўлиш учун курашдан чиққанини маълум қилди 0 16:38АҚШдаги ўзбек спортчиси — Муродбек Чориев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 16:16Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди 0 15:41"Умид қиламанки, жанг бўлади". Топурия Кроуфорд билан жанг истагида 0 15:19Турки аш Шайх Кроуфорднинг кейинги рақиби ким бўлишига шаъма қилди 0 14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор чемпионлик камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0 12:45Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўраётган пара сузувчиларимиз машғулотларнинг сўнгги босқичини ўтказмоқда 0

28 dek 11:34
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun chempionlik partiyalari o'ynaladi. SHaxmatchilarimizning bugungi ilk raqiblari

Birozdan so'ng Qozog'istonning Almati shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionatining uchinchi kungi bahslari boshlanadi.

Bugun rapid yo'nalishida 4 ta tur o'tkaziladi. O'zbekistonlik shaxmatchilar orasida eng yaxshi natijaga erishib turgan rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadigan 10-turda xitoylik Yang Yi Yuga qarshi oq donalarda o'ynaydi. 

Nodirbek 9 partiyaning 6 tasida g'alaba qozonib, 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 178 shaxmatchi orasida 3-o'rinni egallab turibdi. Uning bugungi ilk raqibi esa 6,5 ochko bilan 9-pog'onada bormoqda. 


SHaxmatchilarimizning 10-turdagi raqiblari (erkaklar): 

Nodirbek Abdusattorov (2676) - Yang Yi YU (Xitoy, 2743) 

Nodirbek Yakubboev (2573) - Rasmus Sven (Germaniya, 2641)  

Tin Jingyao (Singapur, 2462) - Javohir Sindarov (2596)

Sanal Vahap (Turkiya, 2547) - SHamsiddin Vohidov (2481) 

Sankalp Gupta (Hindiston, 2725) - Jahongir Vohidov (2529)

Muhiddin Madaminov (2337) - Nikita Petrov (FIDE, 2519)

Amit G'asi (Angliya, 2536) - Muhammadzohid Suyarov (2089) 

Humoyun Begmuratov (2292) - Jandos Agmanov (Qozog'iston, 2403)


SHubhasiz, ayollar o'rtasidagi 9-turning biz uchun ahamiyatli uchrashuvi opa-singil Nafisa Mo'minova va Gulruhbegim Tohirjonova o'rtasidagi partiya bo'ladi. Gulruhbegim AQSH sharafini himoya qilyapti. Bugungi uchrashuv oldidan opa-singillar hisobida 4 tadan ochko bor. 


Qizlarimizning 9-turdagi raqibalari:

Umida Omonova (2059) - Lela Javaxashvili (Gruziya, 2364)

Gulruhbegim Tohirjonova (AQSH, 2326) - Nafisa Mo'minova (2242) 

Afruza Hamdamova (2052) - Olga Badelka (FIDE, 2238) 

Reyting:    

Fikrlar

   
28 dek 13:12:07
TOKIO-2020
Опа-сингиллар қарама қаршилиги. Ўзбекистон байроғида тушаётганига омад!!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing