27 iyu 07:10
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/635_220.jpg)
Bugun Dani Alves “Yuventus”da tibbiy ko'rikdan o'tadi
Bugun “Barselona” klubi himoyachisi Dani Alves “Yuventus” jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Braziliyalik futbolchi Turinga etib kelgan. Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, Alves bugunning o'zida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnomaga imzo chekadi.
Eslatib o'tamiz, Danni erkin agent maqomida “Yuventus” tarkibiga qo'shiladi. Avvalroq, “Keksa sinoralar” “Roma” klubi etakchisi Miralem Pyanich bilan ham shartnoma imzolagandi.
Malumot uchun, Dani Alves “Barselona” sharafini 2008 yildan beri himoya qilib kelayotgandi. O'tgan davr mobaynida braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar libosida 247ta uchrashuv o'tkazib, 14ta gol kiritgan. Olti marta Ispaniya chempioni, 3 marotabadan CHempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan.
Havola :
Fikrlar