11 okt 16:02
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/186024_220.jpg)
Bugun Denis Istomin Ispaniyada kortga chiqadi
10-17 oktabr kunlari Ispaniyaning Alikante shahrida Challenger turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etmoqda.
Bugun Denis turnirning 1/16 final bosqichi doirasida franciyalik Kirian Jakega qarshi kortga chiqadi. Taqqoslash uchun, ATP reytingida Istomin 224, Jake esa 305-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar