So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

19 apr 20:26
Yangiliklar

Tennis

Bugun dunyo tennis malikasi tavallud topgan kun!

Bugun dunyo tennisi malikasi Mariya SHarapova 32 yoshni qarshi oldi.

Mariya SHarapova - 1987 yilning 19 aprel kuni dunyoga kelgan. Yoshligidan tennisga muhabbat qo'ygan Mariya 4 yoshidan tennis bilan jiddiy shug'ullanishni boshlagan. SHarapovaning iqtidorini sobiq birinchi raqamli tennischi Martina Navratilova payqab qoladi va Mariyaning otasiga Floridaga kelishlarini taklif qiladi. 

SHu tariqa, ota-bola 1995 yilda AQSHga ko'chib borishadi. SHundan so'ng bo'lajak tennis yulduzining hayoti o'zgarib ketadi. Mariya yoshlik chog'idayoq juda maftunkor bo'ladi, unga xatto model bo'lishni ham taklif qilishadi. Lekin Mariya sport uchun biznesdan voz kechdi. 

SHarapovaning professional tennisdagi faoliyati 2001 yilda boshlangan. Jami 36 ta WTA turnirlarida bosh sovrinni qo'lga kiritgan. Umumiy hisobda musobaqalardan 38 million 560 000 AQSH dollari ishlab topgan. 

SHuningdek, rossiyalik tennis malikasi besh bor «Katta Dubulg'a» turnirlarida (Uimbldon 2004, US Open 2006, Australiya Open 2008, Rollan Garros 2012, 2014) zafar quchgan. Mariya birinchi «Katta Dubulg'a» turnirini 2004 yilda Uimbldon finalida Serena Uilyamsni mag'lub etgan holda erishgan. 

2005 yilning avgustida ilk bor jahon reytingining karvonboshisiga aylangan. SHarapova umumiy hisobda besh bor reyting peshqadami bo'lib, 21 hafta davomida o'z o'rnini hech kimga bermagan. Mariya juftlik bahslarida ham birmuncha omadli ishtirok etgan. U uch marotaba bosh sovringa ega chiqqan. 

SHarapova nafaqat tennisda, balki tadbirkorlikda ham o'z omadini sinab ko'rdi. 2012 yilda malika «Sugarpova» brendi ostida shirinliklar ishlab chiqarishni boshladi. Mariya uchun 2016 yil omadsiz boshlandi, uning qonidan taqiqlangan modda topildi va tennisdan 15 oyga chetlatildi. 

Bir yildan ziyod tennisdan uzoqda yurgan SHarapova 2017 yilning aprel oyida yana kortlarga qaytishga erishdi. Hozirda Mariya SHarapova dunyo reytingining 28-pog'onasini egallab turibdi. Tug'ilgan kuning bilan, Mariya!

Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing