20 sen 09:38
Yangiliklar
Bugun dzyudochilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi
Jahonning 131 mamlakatidan 800 nafarga yaqin ziyod sportchi ishtirok etadigan nufuzli musobaqada o'zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Bugun ikki nafar hamyurtimiz musobaqada medallar uchun kurashga chiqadi. Erkaklar o'rtasida SHarofiddin Lutfullaev (-60kg) tatamiga chiqsa, ayollar o'rtasidagi bahslarda Marjona Salohiddinova (-48kg) o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
-60kg: SHarofiddin Lutfullaev
-66kg: Sardor Nurullaev
-73kg: Hikmatullo To'raev, G'iyosjon Boboev
-81kg: SHarofiddin Boltaboev
-90kg: Davlat Bobonov
-100kg: Muhammadkarim Xurramov, SHerali Jo'raev
+100kg: Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-48kg: Marjona Salohiddinova
-52kg: Gulnoza Ziyaeva
-57kg: Amina Mamedova
-70kg: Gulnoza Matniyazova, SHohista Nazarova
-78kg: Nodira Yuldasheva
Murabbiylar:
Farxod To'raev
Bekzod To'raboev
Rafgat Izmaylov
Massajchi: Javlon Hasanov
Fikrlar