03 dek 15:25
Yangiliklar

Bugun “El Klassiko”. “Barselona” - “Real”
Ikkala jamoa shu paytgacha 231 marta rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishgan. “Real” 93 bor zafar quchgan, 48ta o'yinda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. 90 marta “Barselona”ning qo'li baland kelgan .
“Qirollik klubi” 391ta gol urgan, “ko'kanorranglilar” hisobida 379ta gol mavjud.
Primera doirasida 172ta “El Klassiko” bo'lib o'tgan. 72 marta “Real”, 68 marta “Barsa” yutgan. 32 bor durang qayd etilgan. To'plar nisbatida “qaymoqranglilar” oldinda: 280-273.
Bugungi bahsni Karlos Klos Gomes boshqarib boradi. Klos Gomes “Barselona”ning 20ta o'yinida ishlagan. Ularning 17tasida Kataloniya klubi g'olib bo'lgan va 3 marta durang o'ynagan.
“Real Madrid” ishtirokidagi 27ta o'yinda Klos Gomes bosh hakam bo'lgan: “Qirollik klubi” 18ta g'alaba qayd etishgan va 5 marta durang o'ynashgan. Qolgan 4 uchrashuvda imkoniyat boy berilgan.
Karlos Klos Gomes ilk bor Ispaniya chempionati doirasidagi Klassikoda ishlaydi. Oldin bu hakam “Barselona” va “Real” o'rtasidagi kubok bahslarida ishlagan.
2012 yil Ispaniya Superkubogi birinchi o'yini doirasidagi bahsda Kataloniya klubi 3-2 hisobida zafar quchgan. O'sha yil Ispaniya Qirol Kubogi yarim finalida 1-1 hisobi qayd etilgan.
Ispaniya chempionati. 14-tur
BARSELONA - REAL MADRID
3 dekabr. Barselona. “Kamp Nou” stadioni. 20:15.
Hakam - Karlos Klos Gomes (Saragosa).
Taxminiy tarkiblar
“Barselona”: ter SHtegen - Serxi Roberto, Mate, Maskerano, Alba - Rakitich, Buskets, Arda Turan - Messi, Suares, Neymar
“Real”: Navas - Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo - Modrich, Kovachich, Isko - Vaskes, Ronaldu - Benzema.
Narzulla Saydullaev tayyorladi
Fikrlar