12 iyu 10:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev CHexiyada chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev CHexiyaning Pardubice shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida kortga chiqadi.
Turnirning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Fayziev turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilyapti. Bugun u chorak final chiptasi yo'lida o'z mahoratini namoyish etadi.
Uning ikkinchi
davradagi raqibi avstriyalik Nenad Vladusich bo'ladi. Fayziev birinchi bosqichda
chexiyalik Robin Stanekni 6:4, 7:5 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar