11 iyu 09:02
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev CHexiyadagi ishtirokini boshlaydi
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev CHexiyaning Pardubice shahri mezbonlik qilayotgan musobaqadagi ishtirokini boshlaydi.
Turnirning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Fayziev turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qiladi. Bugun u ilk davrada chexiyalik Robin Stanekka qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Fayziev dunyo reytingida 265, Stanek esa 565-o'rinni egallab turibdi. Agar Sanjar g'alaba qozonsa, ikkinchi davrada avstriyalik Nenad Vladusich bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar