So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

17 noy 10:20
Yangiliklar

Futbol

Bugun futbol. Iroq bilan o'zaro o'yinlarda hisob-kitob qanday?

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun BAAdagi yig'in doirasidan o'rin olgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Raqib esa Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan - Iroq. SHunday ekan ikki terma jamoaning o'zaro o'yinlar tarixi va natijalariga to'xtalib o'tamiz.

Bu yurt vakillari bilan qarshi shu vaqtga qadar to'qqiz marotaba to'qnash kelganmiz. Dastlabki o'yin 2000 yil Tailandda o'tkazilgan to'rt millat kubogi musobaqasida bo'li o'tgan va unda Iroq 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan. Bu Iroqning O'zbekiston bilan o'yinlardagi dastlabki va yagona g'alabasi bo'lib qolmoqda.

SHundan so'ng ushbu terma jamoa bilan 2004 yil JCH-2006 saralash bosqichida ikki xil natija bo'lgan, Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkanmiz, Anvar Solievning yagona goli bizga bir ochko taqdim qilgan edi. Ammanda o'tgan javob uchrashuvida esa termamiz 2:1 natijasi bilan g'alabani o'z tomoniga og'dira olgan. SHu yili Xitoyda o'tkazilgan Osiyo kubogida Mirajalol Qosimovning jarima zarbasidan kiritgan to'pi kichik 1:0 hisobida g'alabani taqdim qilgan.
Oraliqdagi kichik tanaffusdan so'ng Iroq bilan 2007 yil Rauf Inileev davrida kuch sinashdik, o'rtoqlik maqomida kechgan bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishadi.

2015 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonida milliy jamoamiz Iroq bilan ikki bor o'ynadi, natija esa 0:0, 1:0 termamiz foydasiga. 2016 yil Samvel Babayan boshqaruvida jamoamiz Toshkentda Iroqni qabul qildi, bu ham o'rtoqlik uchrashuvi doirasida. Marat Bikmaev va Eldor SHomurodovning gollariga Abubakr Bayar javob qaytardi, hisob 2:1.

Iroq bilan oxirgi to'qnashuv Ektor Kuper davriga to'g'ri keladi. Falastindan kutilmaganda mag'lubiyatga uchragan terma jamoamiz Iroq bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Tomonlar esa golsiz durangga rozi bo'lishadi. Bugungi bahs umumiy hisobda 10-to'qnashuv.



Demak O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi 9ta o'yinning 5tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, 5ta bahsda durang qayd etilgan va bitta uchrashuvda Iroq zafar quchgan. O'zbekiston 9ta gol urgan va 5ta gol o'tkazgan.

Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi
01.09.2000 Iroq - O'zbekiston 2:0 | "To'rt millat kubogi"
18.02.2004 O'zbekiston - Iroq 1:1 | JCH-2006 saralashi
18.07.2004 Iroq - O'zbekiston 0:1 | Osiyo Kubogi-2004
13.10.2004 Iroq - O'zbekiston 1:2 | JCH-2006 saralashi
02.07.2007 Iroq - O'zbekiston 0:2 | O'rtoqlik
25.12.2014 O'zbekiston - Iroq 1:0 | O'rtoqlik
28.12.2014 O'zbekiston - Iroq 0:0 | O'rtoqlik
24.07.2016 O'zbekiston - Iroq 2:1 | O'rtoqlik
09.09.2019 O'zbekiston - Iroq 0:0 | O'rtoqlik

O'zaro uchrashuvlarda to'purar yo'q, Anvar Soliev, Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix, Aziz Ibragimov, Ulug'bek Baqoev, Jamshid Iskanderov, Marat Bikmaev, Eldor SHomurodov bittadan to'p kiritishgan.

Futbolchilarimizga bugungi o'yinda omad tilab qolamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing