So’nggi yangiliklar

11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 09:57Усикнинг Уайлдер билан жанги Дана Уайтнинг промоушенида ўтказилиши мумкин 0 09:33Тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи IBA Nomad 15 турнирида жанг қилди 0 18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0 14:57Ўзбекистон кубогининг илк куни 6 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:26"Барселона" "Манчестер Юнайтед"га Жюль Кундени сотиб олишни таклиф қилди 0

14 avg 14:06
Yangiliklar

Futbol

Bugun ham "Spartak" "Ahmat"ga uchta gol uradimi? O'runov maydonga tushadimi? Prevyu

Rossiya premer-ligasining 2-turida Moskvaning "Spartak" klubi Grozniyning "Ahmat" klubini qabul qiladi.

Dastlabki turda "Spartak" "Sochi"ni 2:0 hisobida mag'lub eta turib yakunda durang o'ynadi - 2:2. O'sha bahs hakamlar mojarosi bilan yodda qoldi. "Ahmat" ham mavsumni durang bilan boshladi. "Arsenal"ga qarshi kechgan birinchi turning eng zerikarli o'tgan bahsida 0:0 hisobi qayd etildi.

Bu ikki jamoa hozirga qadar 30 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Spartak" 16 bor, "Ahmat" 8 bor g'olib bo'lgan, qolgan 6ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Oxirgi o'zaro 3ta o'yinning barchasida "Spartak" "Ahmat"ni mag'lub etgan va uchala o'yinda 3tadan gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Kecha bo'lib o'tgan o'yinoldi matbuot anjumanida "Spartak" ustozi Domeniko Tedesko Aleksandr Kokorin kamida ikkita o'yinni o'tkazib yuborishini malum qildi. Biroq o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov borasida aniq fikr bildirmadi. "Uning imkon qadar tezroq o'ynashiga umid qilaman", - dedi murabbiy. Agar O'runov bugun qaydnomadan o'rin olsa katta ehtimol bilan zaxiradan maydonga tushrilishi mumkin.


"Spartak" - "Ahmat"
14 avgust. Moskva. "Otkritie Arena" stadioni. 22:00.
Bosh hakam 
- Evgeniy Turbin (Moskva).
Translyaciya - "Match-Premer".

"Spartak": 5-3-2: Maksimenko, Zobnin, Gaponov, Jigo, Jikiya, Lukas, Kral, Glushenkov, Bakaev, Larsson, Sobolev.

"Ahmat": 4-2-3-1: SHeliya, Nenaxov, Semenov, Nijich, Bogosavac, Ismael, SHvec, Umaev, Ivanov, Berisha, Ponse.

Yo'qotishlar: Aleksandr Kokorin (jarohat) - Rizvan Uciev (jarohat), Vilker Anxel (jarohat).


Muallif taxmini: "Spartak" birinchi turdayoq g'alaba qozonishi kerak edi. Hakamlarning xatosi bo'lmaganida 3 ochko qo'lga kiritilardi. SHu bois ikkinchi turda, yana o'z maydonida "Spartak"ning ochko yo'qotishga umuman haqqi yo'q. SHunday ekan taxminim Moskva klubi g'olib bo'ladi: 3:1.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing