11 dek 08:27
Yangiliklar
Xokkey
Bugun "Humo" mehmondagi o'yinlar seriyasini boshlaydi
Bugun xokkey bo'yicha Qozog'iston Ochiq chempionati doirasida "Torpedo" hamda "Humo" jamoalari o'rtasidagi uchinchi uchrashuv o'tkaziladi.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da, Ust-Kamenogorskdagi "B.Aleksandrov nomidagi muz sayroyi"da boshlanadi. Jamoalar o'rtasida sentyabr oyida o'tkazilgan har ikki uchrashuvda "Humo" zafar quchgan edi (1:0, 3:2 OT).
"Humo" muntazam chempionat turnir jadvalida 34 ta o'yindan so'ng 54 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Torpedo" esa 32 ta o'yindan so'ng 39 ochko jamg'argan va to'rtinchi o'rinni band etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar