26 mar 14:54
Yangiliklar
Xokkey

Bugun "Humo" "Torpedo" bilan beshinchi o'yinda final taqdirini hal qilishi mumkin
Bugun xokkey bo'yicha Qozog'iston chempionatining 1/2 finalidan o'rin olgan "Humo" va "Torpedo" jamoalari o'rtasidagi beshinchi o'yin bo'lib o'tadi.
Seriya doirasida o'tkazilgan to'rtta o'yinning uchtasida "Humo", bittasida esa "Torpedo"ning qo'li baland kelgan. Bugungi o'yinda zafar quchish orqali toshkentliklar final yo'llanmasiga ega bo'lishlari mumkin.
Uchrashuv soat 18:30 da Ust-Kamenogorsk shahridagi "B.Aleksandrov nomidagi muz saroyi"da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar