10 dek 09:17
Yangiliklar
Xokkey
Bugun “Humo” Toshkentda chempionat peshqadamlaridan biriga qarshi o'ynaydi
Bugun Oliy xokkey ligasi (VXL)da navbatdagi tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Toshkentning “Humo” xokkey klubi o'z maydonida chempionat peshqadamlaridan biri, Moskvaning “Zvezda” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv “Humo Arena” muz saroyida soat 19:30da boshlanadi.
Malumot uchun, bu jamoalarning 29 oktyabr kuni Moskvada o'tgan ilk o'yinida “Zvezda” 7:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Bugungi uchrashuv oldidan 31 ta o'yin o'tkazgan “Humo” umumiy turnir jadvalida 34 ochko bilan 18-o'rinni egallab turibdi. 32 ta uchrashuv o'tkazgan “Zvezda” esa 51 ochko bilan 4-pog'onadan joy olgan.
Bugungi uchrashuvda xokkeychilarimiz uchun muxlislarning qo'llab-quvvatlashi juda ham zarur. SHu boisdan sizlarni “Humo Arena”ga taklif qilamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar