17 noy 12:12
Yangiliklar
Bugun “Humo” yana bir Xitoy klubini mehmon qiladi
Xokkeychilarimiz muhtasham “Humo Arena”da Xitoyning “KRS-BSU” klubini sinovdan o'tkazishadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. Bundan avvalgi turda “Humo” Pekinning “Ordji” jamoasidan 5:2 hisobida ustun kelgan edi.
O'ylaymizki, bugungi o'yinda ham muxlislar “Humo”ni yolg'izlatib qo'yishmaydi. “Ordji”ga qarshi kechgan o'yinda “Humo Arena”ga 6500 tomoshabin tashrif buyurgan edi.
Malumot uchun, “Humo” ayni paytda VXLda 23 ta o'yindan so'ng 24 ochko jamg'argan holda 22-o'rinni egallab turibdi. “KRS-BSU” esa 24 ta uchrashuvdan keyin 18 ochko to'plagan va 31-pog'onadan joy olgan.
Demak, bugun soat 17:00da barchangizni “Humo Arena”da kutib qolamiz. CHiptalarni arena kassalaridan xarid qilish mumkin. Aytgancha, bugun, 17 noyabr kuni “Humo Arena” atrofida yo'llar to'silgan bo'ladi. SHu sababli, xokkey tomosha qilish uchun metroda borish tavsiya etiladi. Metroning “O'zbekiston” bekati Arenaga eng yaqin stanciya hisoblanadi.
Fikrlar