24 okt 07:31
Yangiliklar
Tennis

Bugun Humoyun Malayziyada ukrainalik tennischiga qarshi kortga chiqadi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan turnirning asosiy to'riga yo'llanma olgandi.
Musobaqaning saralash bahslarida ishtirok etgan Humoyun Hindiston, Avstraliya va xitoylik tennischilarni mag'lub etib, asosiy to'r ishtirokchisiga aylangan edi. Bugun u ukrainalik Yuriy Javakyanga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Javakyan dunyo reytingida 742, Sultonov
esa 984-o'rinni band etgan. Yana bir hamyurtimiz Jo'rabek Karimov esa bugun juftlik
bahslarida o'z mahoratini namoyish etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar