07 avg 08:07
Yangiliklar
Bugun Islom Birdamligi o'yinlarida 4 ta sport turida hamyurtlarimizga muxlislik qilamiz
Islom olamidagi ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta sport delegaciyasi bilan ishtirok etyapti. Bugun musobaqaning navbatdagi kuni o'zbekistonlik atletlar 4 ta sport turidagi bahslarda o'z mahoratlarini namoyish etadilar.
Konya vaqti bilan soat 10:00 (Toshkent vaqti 12:00)da velosport, stol tennisi va para suzish bo'yicha bellashuvlar boshlanadi. Soat 11:00da esa gandbol bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi guruh bosqichining ilk uchrashuvini Senegalga qarshi o'tkazadi.
Velotrek bo'yicha tashkil etiladigan bugungi bahslarda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Tajribali va eng sovrindor velosportchimiz Olga Zabelinskaya 25 km masofaga o'tkaziladigan trek bahslarida startga chiqadi.
Sportchilarimizning bugungi ishtiroki:
Fikrlar