06 sen 08:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Ismoilov Sankt-Peterburg turniridagi ishtirokini boshlaydi
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi Temur Ismoilov bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Grand Palace Cup” musobaqasining yakkalik bahslari ilk davrasida mezbon tennischi Anton Galkinga qarshi kortga chiqadi.
Ismoilov yakkalik bahslarining ettinchi saralangan tennischisi sifatida qayd etilgan. Temur dunyo reytingida 512, 24 yoshli Galkin esa 808-pog'onadan joy olgan. Tennischimiz juftliklar musobaqasida ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar