15 okt 11:30
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin 3 karra “Toshkent CHellenjer”i g'olibi bo'lishi mumkin
Bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida “Toshkent CHellenjer” musobaqasi yakunlanadi.
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning yakkalik bahslaridagi hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtimiz Denis Istomin chempionlik unvonini himoya qilishga urinib ko'radi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi bosh mukofot uchun bahsda rossiyalik Konstantin Kravchukka qarshi kortga chiqadi. 31 yoshli Kravchuk dunyo reytingida 102-o'rinni egallab turibdi. 30 yoshli Istomin esa 125-pog'onadan joy olgan.
Agar bugun Denis Istomin chempionlik titulini qo'lga kirita olsa, “Toshkent CHellenjer” musobaqasining 3 karra g'olibiga aylanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar