25 apr 07:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Barselonadagi ishtirokini boshlaydi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin deyarli bir oy davom etgan tanaffusdan so'ng yana katta tennisga qaytmoqda.
Hamyurtimiz kecha asosiy to'r bahslari boshlangan
Barselonadagi nufuzli turnirda ishtirok etadi. Musobaqaning sovrin jamg'armasi 2
million 373 ming 330 evroni tashkil qiladi.
Qura natijasiga ko'ra Denis Istomin bugun birinchi davra uchrashuvida koreyalik Xyon CHangga qarshi kortga chiqadi. Istomin kecha elon qilingan dunyo reytingida 73, CHang esa 94-o'rinni egallab turibdi.
Ushbu uchrashuv g'olibini ikkinchi davrada Filipp
Kolshrayber kutib turibdi. Germaniyalik bu tajribali tennischi ATP reytingida
12-pog'onadan joy olgan. U to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan ishtirokini boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar