22 may 08:10
Yangiliklar
Tennis
Bugun Istomin Lion turniridagi ishtirokini boshlaydi
Bugun mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Franciyaning Lion shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtimiz turnirning asosiy to'rida to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini qo'lga kiritgan. Uning birinchi davradagi raqibi avstraliyalik Tanasi Kokkinakis bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 82-o'rinni egallab turibdi. Avstraliyalik 21 yoshli tennischi esa bir necha oy mobaynida jarohati sabab turnirlarda qatnasha olmadi. SHu sababli ham, uning hozircha reytingdagi o'rni yo'q.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar