23 mar 08:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Mayami “Masters”dagi ishtirokini boshlaydi
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtimiz musobaqaning asosiy to'r bahslari ilk davrasida rossiyalik Andrey Kuznecovga qarshi kortga chiqadi. Istomin dunyo reytingida 70-o'rinni egallab turibdi. 28 yoshli Kuznecov esa 68-pog'onadan joy olgan.
Tennischilar bugungacha o'zaro ikki marotaba to'qnash kelishgan. Ularning har ikkisida ham Istominning qo'li baland kelgan. Mazkur bahs g'olibi ikkinchi davrada xorvatiyalik Ivo Karlovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar