06 okt 10:35
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun jahon chempionatida aralash jamoaviy bahslar bo'lib o'tadi, ilk raqib - Xitoy!
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
To'rt kunlik yakkalik bahslari ortda qoldi. Bugun jahon chempionatida aralash jamoaviy bellashuvlarda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Dunyoning 15 terma jamoasi - Ozaraybjon, Braziliya, Xitoy Taypeyi, Franciya, Gruziya, Germaniya, Yaponiya, Qozog'iston, Mo'g'uliston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O'zbekiston medallar uchun bahslarga kirishadi.
Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi ilk davra uchrashuvida Xitoy dzyudochilariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu juflik g'olibi 1/4 finalda Germaniya - Yaponiya uchrashuvida zafar quchgan terma jamoaga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar