14 dek 13:15
Yangiliklar
Og'ir atletika
Bugun Jahon chempionatida Ruslan Nurudinov va yana ikki sportchimiz g'oliblik uchun bahs olib boradi
Bahraynda og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun og'ir vazn toifasida kechadigan bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining uch nafar azosi supachaga ko'tariladi.
Kun davomida Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov yosh umidli sportchilarimizdan biri SHarofiddin Amriddinov bilan -109 kg vazn toifasida, jahon chempioni Tursunoy Jabborova esa -87 kg vazn toifasida qatnashadi. Yigitlarimiz ishtirokidagi bahslar Toshkent vaqti bilan 19:30 da, Jabborovaning chiqishi esa 22:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar