07 sen 12:15
Yangiliklar
Bugun Jahon chempionatining rasmiy marosimlari boshlanadi
Kolumbiyada bo'lib o'tadigan mundialda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Terma jamoamiz delegaciyasi biroz avval Kolumbiyaning Kali shahriga etib bordilar. Bu haqida O'zbekiston futzal Associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Kali shahridagi “Interkontinental” mehmonxonasiga joylashdi. Ushbu mehmonxonada “A” guruhining qolgan jamoalari ham istiqomat qilishadi.
SHuningdek, malumotda keltirishlishicha bugun mundialning rasmiy marosimlari boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasining delegaciyasi FIFA hodimlari bilan uchrashib musobaqaga oid rasmiy malumotlarni olishadi.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha Jahon chempionati 10 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar Kolumbiyada bo'lib o'tadi. Unda Jahonning eng kuchli 24 terma jamoasi ishtirok etadi. Osiyo vice-chempioni – O'zbekiston “A” guruhidan o'rin olgan bo'lib, unga guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Panama terma jamoalari raqib bo'ladi.
Fikrlar