16 okt 12:30
Yangiliklar

Bugun "Jar" stadionida O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi
Ilk marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada Tojikiston, Eron, Qirg'iziston hamda O'zbekiston qizlar terma jamoalari ishtirok etishyapti. O'yinlar “Jar” stadionida bo'lib o'tmoqda.
Bugun 2-tur uchrashuvlari o'tkazilyapti. Soat 14.00da O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari o'zaro uchrashuvda maydonga tushishadi. Kecha Bahrom Norsafarov shogirdlari Tojikiston terma jamoasini yirik 8:1 hisobida taslim etishgan edi.
Qirg'iziston esa Eron terma jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ayni daqiqalarda Eron va Tojikiston terma jamoalari maydonga tushishgan.
2-tur. 16 oktyabr
11:00 - Tojikiston - Eron (“Jar”)
14:00 - O'ZBEKISTON - Qirg'iziston (“Jar”)
3-tur
17 oktyabr
11:00 - Qirg'iziston - Tojikiston (“Jar”)
15:00 - Eron - O'ZBEKISTON (“Jar”)
Fikrlar