21 fev 09:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Antaliyada shveciyalik tennischiga qarshi bahs olib boradi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turnirining saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlagan edi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Terma jamoamiz azosi saralashda uchinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, u barcha uch uchrashuvda g'alabaga erishgandi.
Bugun Jo'rabek asosiy to'rning ilk davrasida shveciyalik Patrik Bridolfga qarshi kortga chiqadi. Skandinaviyalik bu tennischiga musobaqa tashkilotchilari imtiyozli yo'llanma taqdim etishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar