07 mar 10:40
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Rossiya turnirida chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Almetivsk shahri mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Jo'rabek turnirning beshinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda. Bugun hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi.
Uning raqibi rossiyalik Dmitriy Voronin bo'ladi. Saralash musobaqasi orqali asosiy to'rga etib kelgan bu tennischi ilk bosqichda hamyurti Dmitriy Minushkindan 6:0, 6:0 hisobida ustun keldi. Jo'rabek esa asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan mezbon tennischi Aleksey Zaxarovni 2:6, 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar