04 iyu 09:15
Yangiliklar
Tennis
Bugun Jo'rabek va Humoyun “Uimbldon”dagi ishtirokini boshlaydi
Bugun istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov Londonda davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi o'smirlar o'rtasidagi “Uimbldon” turnirining yakkalik bahslaridagi ishtiroklarini boshlashadi.
Turnirda o'n birinchi raqam ostida tasniflangan Jo'rabek qura natijasiga ko'ra, ilk davrada Luis Vesselsga qarshi kortga chiqadi. Humoyunning ilk raqibi esa rossiyalik tennischi Pavel Kotov bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar