23 sen 09:15
Yangiliklar
Tennis

Bugun Karimjonova Ashxobod turniri yarim finalida kortga chiqadi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Ushbu musobaqaning qiz bolalar o'rtasidagi turnirida yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Bugun esa ikki final chiptasi uchun bahs bo'lib o'tadi.
Quvonarlisi, yarim finalning dastlabki juftligida hamyurtimiz kortga chiqadi. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan Yasmina Karimjonova chorak finalda oltinchi raketka, qirg'izistonlik Saara Kunakunovani 6:1, 6:2 hisobida engdi.
Bugun u yarim final uchrashuvida turnirning uchinchi raketkasi, turkiyalik Eysa Erturkka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar