12 fev 11:15
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun “Katta Dubulg'a” turnirida 4 dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Bugun Franciyaning Parij shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning dastlabki nufuzli turniri davom ettiriladi.
Ushbu musobaqada O'zbekiston dzyudo terma jamoasining to'qqiz nafar azosi ham ham ishtirok etayotgandi. Ulardan 5 nafari kechagi bahslarda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.
-60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan SHarofiddin Lutfullaev finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. Qolgan dzyudochilarimiz mag'lubiyatga uchrashdi.
Bugun -81 kg vazn toifasida Davlat Bobonov, SHarofiddin Boltaboev, -90 kg vaznda Yahyo Imomov, -100 kgda esa Soyib Qurbonov medallar uchun kurashga kirishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar