So’nggi yangiliklar

19:14U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Хитойга ютқазди 0 17:33Биринчи ракеткамиз Australian Open 2026 жуфтлик мусобақасида ҳам иштирок этади 0 17:12"Навбаҳор" Туркияда кимлар билан ўйнайди? 0 16:51Дана Уайт Жошуа - Пол жанги ҳақида: "Бунга алоқадор ҳар бир киши уялиши керак" 0 16:30Топ ярим энгил вазнлилар UFC Fight Night 269 турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 16:09"У ҳатто яхши орзу қилишни ҳам билмайди". Топурия — Махачевнинг уни мағлуб этиши ҳақида 0 15:48Арбелоа жамоанинг ҳолати ҳақида: "Алонсони айбламайман" 0 15:27"Мураббийларим билиб қолишса, мени ўлдиришади" — Холлоуэй Оливейрани қандай мағлуб этишини ошкор қилди 0 15:06Пимблетт UFC тарихидаги тўрт буюк жангчини санади, рўйхатга Хабиб ва Жонс киритилмади 0 14:45Дарья Касаткина расман Австралия фуқаролигини олди + ФОТО 0 14:24"Барселона"нинг собиқ устози "Реал"ни бошқариши мумкин 0 14:03"Хоҳлаганингизни танланг!" — Макгрегор Дана Уайтнинг сўзларига жавоб берди 0 13:42Виржил Ортис Оскар Де Ла Хойяни судга берди 0 13:21Чехиялик теннисчи 18 та эйс эвазига Оклендда чемпион бўлди 0 13:00U-23 Осиё кубоги. Бугун 1/2 финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз 0

06 okt 07:30
Yangiliklar

Futbol

Bugun katta futbol. 18:00. O'zbekiston - Eron

Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Eronga qarshi maydonga tushadi.

O'tgan mundial saralashidagi ashaddiy raqiblar kurashni yana davom ettirishadi. Hozircha raqibidan oldinga o'tishga erishgan O'zbekiston uchun mazkur bahsning ahamiyati qanchalik yuqori ekanini tushuntirib o'tishning hojati yo'q.

Hozirgacha jahon chempionati saralash uchrashuvlarida ahamiyati bunchalik baland bellashuv bo'lmagan. G'alaba terma jamoamizni asosiy raqobatchidan 5 ochko ilgarilab ketishiga zamin yaratadi. SHunday ekan, 90 daqiqa mobaynida bor kuchni ishga solib, xayolni bir erga to'plab, maydonning har bir qarichida jang qilish darkor. Buni futbolchilar va murabbiylar shtabi yaxshi tushunib turganiga shubha qilmaymiz.


Har ikki jamoa tarkibida yo'qotishlar mavjud. Umid qilamizki, bu Eronga qimmatga tushadi. Jamoalar hozircha bu bosqichda darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda. Bu yoqimli ananani ham terma jamoamiz saqlab qolishiga umid qilamiz.

Keyrush boshchiligadi Eron dastlabki ikki turda odatdagidek kurashlarga boy futbol namoyish qildi. Hujumda esa jamoani o'ta ijodkor deb bo'lmaydi. Qatar Tehronda 90+4-daqiqagacha deyarli gol urishga yaqqol vaziyat bermadi. Gollar Qatar darvozabonining qo'pol xatolari tufayli urildi.

Muhimi, Eronga hujum uyushtirayotgan chog'da bo'sh hududlarni ko'p qoldirmaslik.

O'zaro o'yinlar

Bu ikki jamoa bugunga qadar 6 marta to'qnash kelishgan. 1998 yil Tailandda o'tgan Osiyo o'yinlari chorak finalida Eron vakillarimizni 4:0 hisobida taslim qilgandi. 2007 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida o'tgan bahsda ham Eron g'olib bo'lgan - 2:1.

2009 yil Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan. Bahsda hisob ochilmagan edi - 0:0. 2012 yil JCH-2014 saralashi doirasida bu ikki jamoa Toshkentdagi "Jar" stadionida bellashishgan. Uchrashuvda mehmonlar so'nggi daqiqalarda gol urib g'alabani ilib ketishgandi - 0:1.

O'sha yil noyabr oyida Tehronda o'tgan o'yinda Ulug'bek Baqoevning urgan goli O'zbekistonga qarama-qarshilikdagi birinchi va hozircha yagona g'alabani keltirgan edi - 0:1.

Nihoyat 2015 yilda Toshkentda bu ikki jamoa yana bir marta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishgan. Bu safar forslar bitta gol evaziga safarda g'alabaga erishishgandi - 0:1.

Eron va O'zbekiston o'rtasidagi 6ta o'yinning bittasida vakillarimiz, 4tasida forslar g'olib chiqishgan. Faqat bir bor durang qayd etilgan. To'plar nisbati 8:2 Eron foydasiga.

Toshkentda bu jamoalar uch marta o'yin o'tkazishgan. Ularning hech birida O'zbekiston yuta olmagan va umuman gol ura olmagan.

Sariq kartochkasi borlar

Ushbu o'yindan oldin terma jamoamiz safida diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar yo'q.

O'zbekistonda Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov hisobida bittadan ogohlantirish mavjud. Ular uchun navbatdagi sariq kartochka diskvalifikaciyaga aylanadi.

O'ZBEKISTON – ERON

6 oktyabr 2016. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 18:00

Bosh hakam - Benjamin Uilyams (Avstraliya).

Qanot hakamlari: Devid Uelsh, Natan Makdonald (ikkisi Avstraliya)

To'rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).

Nazoratchi - Salim Said Alsuvaydi (BAA)

Komissar – Jebril Ali (Falastin).


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing