03 mar 13:15
Yangiliklar
Futbol

Bugun katta futbol karvoni yo'lga chiqadi
Bugun mamlakatimizning uchta shahri stadionida o'tkaziladigan 1-tur uchrashuvlari bilan futbol bo'yicha O'zbekiston 26-milliy chempionati oliy ligasida yangi mavsumga start beriladi.
Amaldagi chempion Toshkentning “Lokomotiv” klubi mavsumni safar o'yini bilan boshlaydi. “Temiryo'lchilar” bugun Muborakda “Mashal” jamoasi mehmoni bo'lishadi.
O'tgan mavsumni omadsiz o'tkazib, yakunda 5-o'rin bilan cheklangan
“Paxtakor” esa o'z maydonida Zarafshonning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Bir
yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytgan Samarqandning “Dinamo” klubi
Bekobodda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushadi.
Ertaga 1-turning qolgan uchrashuvlari davom ettiriladi.
“Navbahor” - “Obod”
“Qo'qon-1912” - “Nasaf”
“Bunyodkor” - “So'g'diyona”
“SHo'rtan” - “Neftchi”
“Buxoro” - “Olmaliq”
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar