So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

30 dek 12:15
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun kunning ilk partiyasida shaxmatchilarimiz kimlarga qarshi dona surishadi?

Xabaringiz bor, shu kunlarda Qozog'istonning Almati shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun jami 178 nafar shaxmatchi qatnashayotgan erkaklar o'rtasidagi blic bahslarida 13, ayollarda 10-tur bilan ikkinchi kungi uchrashuvlar boshlanadi. Hal qiluvchi chempionlik partiyalari oldidan erkaklarda amerikalik Xikaru Nakamura, ayollarda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Polina SHuvalova peshqadamlik qilyapti.  

Blic bahslarida hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natija qayd etib turgan 16 yoshli Muhiddin Madaminov bugun 13-turda o'zi singari 8 ochkoga ega ozarbayjonlik taniqli grossmeyster SHaxriyar Mamedyarovga qarshi qora donalarda o'ynaydi.  

Yana bir qiziqarli uchrashuv istedodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov (2217) ishtirokida bo'lib o'tadi. Taniqli jurnalist, teleboshlovchi Laylo Rustamovaning farzandi bo'lgan Muhammadzohid 13-turda qora donalarda sobiq vatandoshimiz, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Timur Gareev (AQSH, 2553)ga qarshi bahs olib boradi.    


SHaxmatchilarimizning bugungi ilk raqiblari:

SHahriyar Mamadyarov (Ozarbayjon, 2733) - Muhiddin Madaminov (2333) 

Jahongir Vohidov (2507) - Aleksandr Grishuk (FIDE, 2763)

Endryu Tang (AQSH, 2582) - Nodirbek Abdusattorov (2666)

Dambasuren Batsuren (Mo'g'uliston, 2409) - Javohir Sindarov (2639) 

Nodirbek Yakubboev (2560) - Mamikon Garibiyan (Armaniston, 2401) 

SHamsiddin Vohidov (2597) - Artyom Uskov (FIDE, 2401)

Timur Gareev (AQSH, 2553) - Muhammadzohid Suyarov (2217) 

Ediz Gurel (Turkiya, 2345) - Humoyun Begmuratov (2267)


Umida Omonova (1978) - Yuliya Osmak (Ukraina, 2328) 

Govhar Beydullaeva (Ozarbayjon, 2256) - Afruza Hamdamova (2018) 

Nafisa Mo'minova (2258) - Zarina Nurgalieva (Qozog'iston, 1904)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing