20 jan 11:16
Yangiliklar
Futbol

Bugun Kuper va Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etadi
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Al-Ayn shahrida Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan uchrashuvda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.
Bugun 20 yanvar kuni o'yinoldi matbuot anjumani tashkil qilinadi. Dastlab, mahalliy vaqt bilan soat 11:30da Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold va terma jamoa futbolchisi jurnalistlar savollariga javob berib o'tadi.
Keyin soat 12:15da O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etadi.
SHu kuni kechqurun soat 18:00da "Xalifa bin Zayd" stadionining 3-mashg'ulot maydonida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazadi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar