03 noy 09:15
Yangiliklar
Futbol

Bugun Loko Cup turniri boshlanadi, Moskvadagi turnirda bizning “Loko” ham bor
Bugun Moskva shahrida futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasida Loko Cup xalqaro turniri start oladi.
Bugun “Lokomotiv” manejida boshlanadigan turnir ilk bor tashkil etilyapti. Bolalarning kuzgi tatil kunlari munosabati bilan o'tkazilayotgan musobaqada Rossiya va Ozarboyjon klublari, shuningdek, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi ham ishtirok etadi.
Loko Cup turnirida jami 22ta jamoa qatnashadi. Musobaqa dooirasidagi o'yinlardan tashqari, ko'plab ko'ngilochar dasturlar ham o'rin olgan. Moskvaning “Lokomotiv” klubi futbolchilari bolalarga mahorat saboqlarini namoyish etishadi.
Stadion va muzeyga sayyohat ham dasturga kiritilgan. Futbolchilardan dasxat hamda fotosessiya va albatta, “Lokomotiv” – “Anji” o'yiniga tashrif ham rejaga kiritilgan.
Havola :
Fikrlar