28 iyu 10:20
Yangiliklar
Futbol

Bugun: "Lokomotiv" - "Buxoro" va "Qo'qon-1912" - "Nasaf" to'qnashuvlari
O'zbekiston kubogi chorak final javob uchrashuvlari doirasidagi ikkita bellashuv bo'lib o'tadi.
Birinchi uchrashuvda yirik hisobda taslim etilgan No'mon Hasanovning "Qo'qon-1912" jamoasi "Nasaf"ni qabul qiladi. Toshkentdagi "Lokomotiv" yarim final chiptasi uchun "Buxoro" bilan kuch sinashadi. Aynan mana shu ikki bellashuv g'oliblari yakunda yarim finalda o'zaro duch kelishadi.
Kecha esa "Bunyodkor" "Neftchi" ikkinchi bahsda ham "Neftchi"ni mag'lub etdi va yarim final masalasini birinchi bo'lib hal etgan "Dinamo" bilan to'qnashadigan bo'ldi. Bugun esa ikkinchi yarim final juftligi malum bo'ladi.
Havola :
Fikrlar