12 fev 10:39
Yangiliklar
Futbol

Bugun "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokini boshlaydi
Bugun Osiyo chempionlar ligasida yangi mavsum start oladi.
O'zbekistonning amaldagi chempioni va kubogi sohibi Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bugun turnirdagi ilk o'yinini o'tkazadi. Ushbu o'yinda futbolchilarimizga Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Vahda" jamoasi raqiblik qiladi.
"Lokomotiv" stadionida o'tkaziladigan ushbu o'yin soat 16:00da boshlanadi.
OCHL-2018. “B” guruhi. 1-tur
12 fevral. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
“Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Al Vahda” (BAA)
Bosh hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Ochi SHinji hamda Takagi Takumi (Yaponiya)
To'rtinchi hakam: CHorimurot Qurbonov (Turkmaniston)
Hakamlar nazoratchisi: Inoyat Masud (Eron)
Uchrashuv komissari: CHan Ka CHung (Gong Kong)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar