28 jan 09:51
Yangiliklar
Tennis

Bugun Mariya SHarapova Piter turnirida kortga chiqadi
Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari start oladi.
Rossiyalik Mariya SHarapova bugun musobaqaning birinchi davrasida avstraliyalik Darya Gavrilovaga qarshi kortga chiqadi. “Sibur Arena”da o'tkaziladigan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00dan keyin boshlanadi.
Aniqrog'i, rossiyalik tennischilar - Ekaterina Makarova hamda Vera Zvonaryova o'rtasidagi uchrashuv yakunlanishi bilan SHarapova - Gavrilova bahsi boshlanadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar