So’nggi yangiliklar

21:19"Номзодлар турнири". Ғалабали серия давом этади. Синдаровнинг навбатдаги қурбони Чин юрти вакили! 0 19:04Расман! Усик, Ричард Торрес ва Шаҳрам Ғиёсов жанг қиладиган Мисрдаги бокс оқшомининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 18:43Англия кубоги. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"ни тор-мор этиб, 1/2 финалга чиқди, Ҳусанов 90 дақиқа ишончли ўйнади 0 18:22Фурқатбек Ёқубовнинг рақиби оғир касаллик туфайли жанг қила олмайди — Mangu MMA 0 18:01Баҳодир Жалоловнинг ҳаёт йўли ва фаолиятига бағишланган "Енгилмас. Токиога йўл" фильми премьераси ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:40Тошкент 4 та терма жамоа иштирокидаги халқаро қўшма ўқув-машғулот йиғинига мезбонлик қилмоқда 0 17:19Манчини Италия терма жамоасини бошқаришга тайёр 0 16:58Арман Царукян: "Менга чемпионлик жангини беришмади, чунки..." 0 16:37Бекзод Қурбонов Жаҳон кубогининг финалига Америкада тайёрланмоқда 0 16:16Осиё чемпионатида яна икки йўқотиш. Маханов Оралбайга қарши жанг ўтказди 0 15:55"Барселона" Италия терма жамоаси футболчисини кузатмоқда 0 15:34Чарльз Оливейра: "Бу сафар Конорга ишонаман" 0 15:13Octagon League Одилхон ва Камил Каратэ ўртасидаги трилогияни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 14:52Камару Усман Исраэл Адесаньяга ишонади 0 14:31Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари: "Қўқон-1912" мураббийи, "Навбаҳор" ҳамда бир неча футболчига чора кўрилди 0

14 iyu 16:04
Yangiliklar

Futbol

Bugun "Mashal" Toshkentda, "Nasaf" Qo'qonda mehmon bo'ladi

Bugun Coca Cola Superligasida 9-tur o'yinlari yakuniga etadi.

Coca Cola Superliga. 9-tur

14 iyul, seshanba

LOKOMOTIV – MASH'AL

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Husniddin SHodmonov, Damir Iskanderov, Adhamjon Ergashev
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Ahmed Tillaev

Oxirgi ikki o'yinni o'z maydonida o'tkazib ikkita g'alabaga erishgan "Lokomotiv" ketma-ket uch turdan buyon safarda o'ynab uch marta mag'lub bo'lgan "Mashal"ni qabul qiladi.

“Lokomotiv” va “Mashal” jamoalari ichki chempionatimiz doirasida shu paytga qadar 24 marta o'zaro to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik – “Lokomotiv” futbolchilari tomonida. “Lokomotiv” o'tkazilgan bellashuvlarning 13 tasini o'z foydasiga hal eta olgan.

“Mashal” vakillari esa 9 ta o'yinda g'alabaga erishishgan. Ikki bora esa jamoalar durang o'ynashgan. “Lokomotiv” shu vaqtgacha “Mashal” darvozasini o'zaro o'yinlarda 33 marta ishg'ol etgan. O'z darvozasidan esa 27 ta gol o'tkazib yuborgan.

"Gazchilar” “temiryo'lchilar”ni so'nggi bor 2010 yilning avgustida mag'lub etishgan. O'shanda “Mashal” o'yinchilari toshkentliklarni 2:0 hisobida enggandi. Yani 10 yildan buyon Muborak klubi "Lokomotiv"ni mag'lub eta olmay kelmoqda. 

QO'QON-1912 – NASAF

Hakamlar: Vadim Agishev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

O'z uyidagi 5ta o'yinning barchasida raqiblarni mag'lub etgan va o'z darvozasidan atigi bitta gol o'tkazib yuborgan "Qo'qon-1912" o'tgan tur 4 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ygan "Nasaf"ni qabul qiladi.

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 22 marta to'qnash kelishgan. “Nasaf” o'yinlarning 14 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda qo'qonliklarning qo'li baland kelgan. Uchta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati – 40-22, “Nasaf” foydasiga. "Nasaf" "Qo'qon-1912" maydonidagi oxirgi uchta o'yinda g'alaba qozona olmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing