So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

11 fev 11:22
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Muhiddin Madaminov "Al-Beruniy" xalqaro turniri chempioni bo'lishi mumkin

Poytaxtimiz mukofot jamg'armasi 68 700 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Al-Beruniy" nomidagi II Xalqaro shaxmat turniriga mezbonlik qilyapti.

Musobaqa uch guruhda o'tkazilmoqda. "Masters" guruhida reytingi 2600 va undan yuqori bo'lgan 6 nafar xorijlik shaxmatchining ishtirok etayotgani musobaqa nufuzidan darak bermoqda. Kecha o'tkazilgan 8-turda yosh grossmeyterimiz Muhiddin Madaminov oq donalarda yana bir iqtidorli shaxmatchimiz Ortiq Nig'matovdan ustidan muhim g'alabaga erishib, ochkolarini 6 taga etkazib oldi.  

Rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Volodar Murzin ham bu turda g'alaba qozondi. U oq donalarda grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimovni engdi. Armanistonlik Hayk Martirosyan xitoylik Ma Kyun bilan durang o'ynadi. Vladislav Artamev Sanan Syugirovdan ustun keldi. Afruza Hamdamova armanistonlik grossmeyster SHant Sargsyan bilan murosaga keldi. 

Sakkizinchi turdan so'ng "Masters" guruhi turnir jadvalida Muhiddin Madaminov 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. SHant Sargsyan va Hayk Martirosyan hisobida 5,5 tadan ochko bor. Kuchli beshlikdan joy olgan Volodar Murzin va Vladislav Artamev hisobida 5 ochkodan bor. Bugun 9-turda Madaminov qora donalarda Sanan Syugirov bilan hisob-kitob qiladi. Abdusalimov Martirosyan, Nig'matov esa Murzinga qarshi bahs olib boradi.  

"CHellenjer" guruhida 8-turdan keyin ikki nafar ishtirokchi - David Paravyan va (Rossiya) va Daneshvar Bardiya (Eron) 5,5 tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlik qilyapti. Rossiyalik yana bir grossmeyster Arseniy Nesterov 5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Yosh shaxmatchimiz Humoyun Begmuratov kecha 8-turda Bardiyaga imkoniyatni boy berdi. U 4 ochko bilan 4-o'rindan joy olgan. 

"Fyuchers" guruhida turkmanistonlik Saparmirat Atabaev 8 imkoniyatdan 6 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra karvonboshilik qilmoqda. Atabaev 8-turda oq donalarda o'ynashiga qaramay, istedodli shaxmatchimiz Guldona Karimovani enga olmadi. Ushbu partiya durang bilan yakunlandi. Ochkolarini 6 taga etkazib olgan rossiyalik Klementi Sichyov va hindistonlik Pa Iniyan kuchli uchlikka yakun yasagan. Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijaga Asrorjon Omonov erishib turibdi. U 4 ochko bilan 6-pog'onadan joy olgan. Omonov 8-turda aynan Paga yutqazdi. Umida Omonova va Nilufar Yakubboeva o'rtasidagi o'zbek derbisida durang qayd etildi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing