So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

18 apr 12:41
Yangiliklar

Futbol

Bugun "Nasaf" mag'lub etilsa, "Andijon" futbolchisiga "Jentra" avtomobili sovg'a qilinadi

Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonov bugun "Sog'lom avlod" stadioniga tashrif buyurib, u erda "Andijon" jamoasi azolari bilan uchrashib, ertangi muhim o'yin oldidan ruhan dalda berdi.

Etiborlisi SHuhratbek Qo'shaqboevich jamoa azolari bilan uchrashuvi chog'ida futbolchilarning har biri bilan alohida suhbatlashib, har qanday muammosini hal etishga vada berib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi. Bu esa "Nasaf"ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa azolariga yuqori kayfiyat bag'ishladi.

Andijonlik tajribali himoyachi Bobir Akbarov yig'ilishda so'z olib, xorij klubiga o'tmaganidan hozirda afsusda emasligini aytib, viloyat hokimining bunday etiboridan butun jamoa mamnun ekanligini, boshqa klublarda viloyat hokimi bilan bu kabi dildan suhbatlashish imkoni yo'qligini bildirdi.

SHuningdek Akbarov Andijon viloyati hokimidan jamoa tarbiyalanuvchisi Farhod Bekmurotovga bitta "Jentra" avtomashinasini sovg'a qilishini iltimos qildi. O'z navbatida SHuhratbek Qo'shaqboevich ham bunga javoban, mutasaddilarga bu borada topshiriq berib, ertaga agarda Andijon g'alaba qozonsa, uchrashuvdan so'ng stadionning o'zida Bekmurotovga "Jentra" avtomashinasi sovg'a qilinishini, uning kalitini aynan Bobir Akbarovning o'zi topshirishini kafolatladi.

Yig'ilish so'nggida Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonov jamoa azolari bilan maydonga chiqib kelib, ularni yana bir bor ruhlantirdi va ertangi o'yinga yaxshigina pul mukofoti bilan kirishini alohida takidlab o'tdi.

Bugun Andijonda haqiqiy futbol bayrami bo'lishi kerakligi uchun viloyat hokimi masul shaxslarga bir qator topshiriqlarni berdi.

Eslatib o'tamiz, "Andijon" - "Nasaf" o'yini bugun "Sog'lom avlod" stadionida soat 17:00da boshlanadi. Undan oldin esa stadionda katta koncert dasturi bo'lib o'tadi. Unda estradamizning yorqin yulduzlari o'zlarining diltortar qo'shiqlari bilan stadionga kelganlarga yuqori kayfiyat ulashishga xarakat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing