So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

26 iyu 12:26
Yangiliklar

Futbol

Bugun "Navbahor" va "Paxtakor" o'z uyida, "Lokomotiv" safarda o'ynaydi

Bugun O'zbekiston Superligasida 14-turning dastlabki uchta uchrashuvi bo'lib o'tadi.

NAVBAHOR — QIZILQUM
26 iyul 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30 (Mahalla TV LIVE)
Hakamlar
: Hasan Ro'ziev, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, O. To'ychiboev
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Ramil Ilyasov

"Lochinlar"ning chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 10ta o'yinga etdi (5 g'alaba, 5 durang). "Qizilqum" esa olti turdan buyon hech kimni yuta olmayapti (3 durang, 3 mag'lubiyat).

Birinchi davrada Navoiydagi uchrashuvda “Navbahor” 2:1 hisobida irodali g'alabaga erishgandi.
Bu jamoalar shu kungacha bir-biri bilan 39 marta o'yin o'tkazgan. 15ta uchrashuvda "lochinlar" zafar quchishgan bo'lsa 13ta bahsda navoiyliklar g'olib chiqishgan. Qolgan 11ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan. “Qizilqum” "Navbahor" maydonida atigi uch marta g'alaba qozongan.

SO'G'DIYONA — LOKOMOTIV
26 iyul 2019 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, R. Abdivohidov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Muhammadsodiq Sodiqohunov

"So'g'diyona" o'z maydonida oxirgi 3ta o'yinda hech kimga yutqazgani yo'q (2 g'alaba, 1 durang). “Lokomotiv” esa safardagi so'nggi uchta uchrashuvda uch xil natida qayd etdi (g'alaba, durang va mag'lubiyat).

Dastlabki davraning so'nggi turida “Lokomotiv” o'z maydonida “So'g'diyona”ni 2:0 hisobida taslim qilgandi.

Ushbu klublar O'zbekiston chempionatida jami 23 marta o'zaro hisob-kitob qilishgan. 17 uchrashuvda "temiryo'lchilar"ning qo'li baland kelgan. To'rtta bahsda durang qayd etilgan. "So'g'diyona" bu raqibni faqat ikki marta mag'lub eta olgan xolos.

"So'g'diyona" ikkala g'alabani ham Jizzaxda o'tgan o'yinlarda qo'lga kiritgan. So'nggi bor 2008 yilda “Lokomotiv” bu jamoaga yutqazgan ekan. SHundan so'ng ketma-ket 16ta o'zaro o'yinlarda "Loko" umuman mag'lub bo'lmay kelmoqda.

PAXTAKOR — QO'QON-1912
26 iyul 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20:00 (SPORT TV LIVE)
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, A. Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Diyor Imomxo'jaev

"Paxtakor" bu mavsum bironta o'yinda yutqazmagan yagona klub bo'lib turibdi. "Qo'qon-1912" oxirgi 8ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmadi (3 durang, 5 mag'lubiyat).

Birinchi davrada Qo'qonda bo'lgan bahs dramatik ko'rinish olgandi. Dastlab “Qo'qon-1912” hisobni ochgandi. Ikkinchi taym oxirida “Paxtakor” ikkita gol urib irodali g'alabani qo'lga kiritgan edi – 2:1.

O'zaro o'yinlarda ustunlik "Paxtakor" tomonida. "SHerlar" 27ta o'yinning 15tasida g'olib bo'lishgan. Besh bor "Qo'qon-1912" zafar quchgan. Yana 7ta bahsda g'olib aniqlanmagan.

"Qo'qon-1912" so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda ushbu jamoani mag'lub etgan ekan. SHundan keyingi 9ta uchrashuvning hech birida "Paxtakor" qo'qonliklarga mag'lub bo'lmagan. “Paxtakor” o'z maydonida bu jamoaga bir marta yutqazib qo'ygan (1994 yil) va bir marta durang o'ynagan (2018 yil). Qolgan 11ta uchrashuvda g'olib bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing