26 iyu 09:12
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1839_220.jpg)
Bugun Nigina Vuxanda mezbon tennischiga qarshi kortga chiqadi
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Vuxan shahrida start olgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz bugun ilk davra uchrashuvida xitoylik Ziyue Sanga qarshi kortga chiqadi. Bu mezbon tennischi asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib keldi.
Eslatib o'tamiz, Nigina Abduraimova 17 iyul kuni Xitoyning Kyujing shahrida yakunlangan xuddi shunday toifadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar