07 may 15:19
Yangiliklar

Bugun Nodirbek Abdusattorov Buxarestdagi yurishini boshlaydi. Ilk raqib - Aronyan
Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham bahs olib borishi haqida avvalroq xabar bergandik.
Bugun musobaqa doirasida 1-tur start oladi. Nodirbek Abdusattorov ilk turda AQSH sharafini himoya qiluvchi Levon Aronyanga qarshi dona suradi.
Tur doirasida quyidagi o'yinlar o'tkaziladi:
Yan Kristof Duda - Fabio Karuana
Aliriza Firudja - Maksim Vashe-Lagrev
Uesli So - Bogdan Dis
Levon Aronyan - Nodirbek Abdusattorov
Gukesh Dommaraju - Rameshbabu Praggnanandha.
O'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Fikrlar