25 fev 08:49
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi turnirda so'nggi tur o'yinini o'tkazadi
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "WR Chess Masters" turniri o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqaning so'nggi 9-tur bahslari o'tkaziladi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bugun tur doirasida amerikalik Uesli Soga qarshi dona suradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Abdusattorov 9-tur oldidan 3,5 ochkoga ega va 7-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar