26 may 09:55
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun Nodirbek Abdusattorov Grand finalda Fabiano Karuanaga qarshi o'ynaydi
Bugun Nodirbek Abdusattorov "ChessKid" onlayn turnirida so'nggi o'yinini o'tkazadi.
Hamyurtimiz musobaqaning eng yuqori 1-divizionida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda grand finalga qadar etib keldi. Hal qiluvchi o'yinda Nodirbekka amerikalik Fabiano Karuana raqiblik qiladi.
Qayd etish lozimki, ular bungacha mazkur musobaqa yarim finalida ham uchrashishgan va unda Nodirbek g'alabaga erishgandi. Karuana o'tish o'yinlari orqali Grand finalga etib keldi.
O'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar